To‘lovlar nazorati

Avtomaktab to‘lovlari va qarzdorligini boshqaring.

automaktab.uz har bir o‘quvchining to‘lovlari va qolgan qarzini kartasida saqlaydi; qarzdorlarni filial bo‘yicha saralaysiz, guruh sahifasida esa har bir o‘quvchining qarz holati ko‘rinadi.

Kim qancha to‘laganini va qancha qarzi qolganini ko‘ring. O‘quvchi kartasi va qarzdorlar ro‘yxati bir tizimda.

Maktab moliyasiNamuna

Namuna · 1–30 sentabr

Tushum
18 400 000 so‘m
O‘quvchilar qarzdorligi
6 200 000 so‘m
Filial A8 400 000
Filial B6 000 000
Filial C4 000 000

Uch filialning bir davrdagi tushumi.

To‘lovlar o‘quvchi kartasida

O‘quvchining to‘lov tarixi va qolgan qarzini kartasidan tekshiring. Kerakli ma’lumot boshqa faylda qolib ketmaydi.

Qarzdorlarni tez toping

Qarzdorlar ro‘yxatidan kim bilan bog‘lanish yoki qaysi to‘lovni tekshirish kerakligini ko‘ring.

Demoda sinab ko‘ring

Namuna ma’lumotlari bilan to‘lovlar va rahbar panelini tekshiring. Telefon raqamingizni qoldirish shart emas.

To‘lov usullari va Excel

To‘lovni maktab xodimi kiritadi: naqd, karta yoki bank o‘tkazmasi. Har bir to‘lov alohida yoziladi va o‘quvchining qolgan qarzini kamaytiradi, shuning uchun bo‘lib to‘lash ham aniq ko‘rinadi. To‘lovlar va o‘quvchilar ro‘yxatini Excel faylga yuklab olish mumkin, masalan, buxgalterga yoki rahbarga yuborish uchun.

Rahbar paneli va filiallar

O‘quvchilar ro‘yxatida qarzi borlarni alohida filtrlang va qarz miqdori bo‘yicha saralang. Rahbar panelida davr tushumi va o‘quvchilar qarzdorligi jami va har bir filial bo‘yicha ko‘rinadi.

Kim nimani ko‘radi

To‘lov ma’lumotlarini faqat ruxsati bor xodimlar ko‘radi va kiritadi. Har bir xodim o‘ziga ruxsat berilgan filiallar to‘lovlarini ko‘radi. To‘lov yoki o‘quvchi kartasidagi o‘zgarishni kim va qachon qilgani audit tarixida qoladi.

O‘quvchi kartasida nima bor

Kartada kurs narxi, to‘langan summa, qolgan qarz va to‘lovlar tarixi turadi. Shartnoma raqami, 083 tibbiy ma’lumotnoma va hujjatlar holati ham shu kartada, shuning uchun o‘quvchi haqida savolga bitta joydan javob topasiz.

Ko‘p beriladigan savollar

Qanday to‘lov usullari bor?

Naqd, karta va bank o‘tkazmasi. To‘lovni maktab xodimi kiritadi. Click yoki Payme orqali onlayn to‘lov hozir yo‘q.

Bo‘lib to‘lash qanday ko‘rinadi?

Har bir to‘lov alohida yoziladi. Qolgan qarz o‘quvchi kartasida va qarzdorlar ro‘yxatida darhol yangilanadi.

To‘lovlarni Excel'ga yuklab olsa bo‘ladimi?

Ha. To‘lovlar ro‘yxati va o‘quvchilar ro‘yxati xlsx faylga yuklab olinadi.

O‘quvchi o‘z to‘lovini ko‘radimi?

Hozir yo‘q. O‘quvchi kabinetida jadval va davomat bor, to‘lovlar esa faqat maktab xodimlariga ko‘rinadi.

Qarzdorlar haqida Telegram’da xabar keladimi?

Yo‘q. 08:00 dagi Telegram hisobotida kechagi tushum va yangi o‘quvchilar soni bor. Qarzdorlarni tizimdagi ro‘yxatdan ko‘rasiz.