Kim oladi
Hisobotni yoqqan rahbar maktab bo‘yicha, menejer o‘z filiali bo‘yicha raqamlarni oladi. Qabul xodimi va o‘qituvchiga yuborilmaydi.
Qanday yoqiladi
Profil sahifasida Telegram’ni ulang, bot ulanishni tasdiqlaydi. Shu sahifada kunlik hisobotni yoqing yoki o‘chiring.
Yangi murojaatlar
Yangi murojaat qo‘shilganda rahbar va shu filial menejeri Telegram’da xabar oladi.
Ko‘p beriladigan savollar
Hisobotda nima bo‘ladi?
Kechagi tushum va kecha qo‘shilgan yangi o‘quvchilar soni.
Filiallar bo‘yicha alohida keladimi?
Hozir rahbarga maktab bo‘yicha jami, menejerga o‘z filiali keladi. Filiallarni taqqoslash rahbar panelida.
Qanday yoqiladi?
Profil sahifasida Telegram’ni ulang va kunlik hisobotni yoqing. Bu sozlama rahbar va menejerga ochiq.
Xodim o‘chirilsa ham hisobot boradimi?
Yo‘q. Yuborishdan oldin xodimning holati va ruxsatlari qayta tekshiriladi. O‘chirilgan yoki faol bo‘lmagan xodimga, faoliyati to‘xtatilgan maktabga hisobot bormaydi.
Xarajatlar haqida ham xabar keladimi?
Ha. Yangi xarajat yaratilganda va xarajat birinchi marta qisman to‘langanda xabar keladi. Ish kunlari 09:00 da kutilayotgan, yaqin kunlarda muddati keladigan va kechikkan xarajatlar soni, dushanba 10:00 da esa haftalik kechikkan xarajatlar xulosasi keladi.
Botda yana nima bor?
Botda har bir xodim o‘z ruxsatiga mos menyuni ko‘radi: hisobot, filiallar, o‘quvchilar, to‘lovlar, guruhlar, jadval va davomat, xodimlar, audit jurnali. O‘qituvchi o‘z hisobotini va o‘quvchilarining davomat tarixini ochadi.