Hujjatlar
Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi, sug‘urta va texnik ko‘rik hujjatlari amal qilish muddati bilan mashina kartasida saqlanadi.
Qaysi mashina darsga chiqadi
Hujjati muddati o‘tgan, ochiq ta’miri yoki kechikkan texnik xizmati bor mashina mashg‘ulotga biriktirilmaydi.
Texnik xizmat va nuqsonlar
Ta’mir sanalari bilan yoziladi, keyingi xizmat sana yoki odometr bo‘yicha belgilanadi. Nuqson rasm bilan yoziladi va bartaraf etilguncha ochiq turadi.
Ko‘p beriladigan savollar
Sug‘urta va texko‘rik muddati qayerda ko‘rinadi?
Mashina kartasidagi hujjatlar bo‘limida. Muddati o‘tgan mashina haydash mashg‘ulotiga biriktirilmaydi.
Yoqilg‘i qanday tekshiriladi?
Chek va odometr rasmi majburiy. Chekdagi QR kod orqali fiskal chek ma’lumoti olinadi va zapravka STIR hamda summa bilan solishtiriladi. Summa tasdiqlangan chekdan oshmaydi; QR bo‘lmasa, qayd qo‘lda tekshiriladi.
Mashinani boshqa filialga o‘tkazsa bo‘ladimi?
Ha, rahbar o‘tkazadi. Sabab yoziladi, tarixda kim va qachon o‘tkazgani saqlanadi. Har bir mashinaga mas’ul xodim biriktiriladi.
Mashina yoshi va toifasi tekshiriladimi?
Ha. Mashina faol bo‘lishi va toifasi mos kelishi kerak. B toifa uchun 10 yildan, boshqa toifalar uchun 20 yildan eski mashina biriktirilmaydi.
Mashina topshirilganda nima yoziladi?
Mashina topshirilganda odometr ko‘rsatkichi va beshta rasm bilan dalolatnoma tuziladi: old, orqa, ikki yon va odometr. Qabul qiluvchi xodim tasdiqlaydi, rahbar yoki menejer sababini yozib rad etishi mumkin.